Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdog‘an Turkiya Putin-Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi

Erdog‘an Turkiya Putin-Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi

Kecha, 5-avgust kuni Turkiya prezidenti Erdog‘an va Rossiya prezidenti Putin Sochida muzokara o‘tkazgani haqida xabar qilingan edi. 

Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Rajab Toyyib Erdog‘an Putin bilan bo‘lib o‘tgan sammit yuzasidan matbuot vakillari bilan uchrashdi.

«Biz Rossiya Prezidenti janob Vladimir Putinning taklifiga binoan Sochiga tashrifimizni muvaffaqiyatli yakunladik. 19-iyul kuni Tehronda janob Putin bilan uchrashganimizdan so‘ng Sochida ikki tomonlama munosabatlarimiz va xalqaro masalalarni atroflicha muhokama qildik.

Biz Rossiya bilan Kavkaz, Suriya va Ukraina borasidagi muloqotimiz ijobiy aks etayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz», – deydi Turkiya prezidenti.

U, shuningdek, Putin va Zelenskiy muzokarasini tashkillashtirish uchun Turkiya hamisha tayyor ekanligini yana bir bor eslatib qo‘yganini aytadi.

«Ukrainadagi urushda g‘olib bo‘lmasligini boshidan ta’kidlayman. Maydondagi qiyinchiliklarga qaramay, men ham inqiroz muzokaralar stolida hal etilishiga qat’iy ishonaman. Men yana bir bor janob Putinga uning janob Zelenskiy bilan uchrashuvini o‘tkazishimiz mumkinligini eslatdim. Qora dengizdagi qo‘shnimiz Rossiya bilan mintaqaviy va global tinchlikka hissa qo‘shish maqsadida barcha sohalarda muloqotimizni rivojlantirishda davom etamiz», – degan Turkiya prezidenti.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring