Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Prezidenti parlament oldida nutq so‘zladi

Turkiya Prezidenti parlament oldida nutq so‘zladi

Foto: O‘zA

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi.

Turkiya rahbari Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zladi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Foto: O‘zA

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilgani, bugungi muzokaralar uni yanada boyitganini ta’kidladi. Mamlakatlarimiz tomonidan tanlab olingan rivojlanish yo‘lini qat’iy qo‘llab-quvvatlagan holda, amaliy hamkorligimizni har tomonlama chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalar imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari, infrastruktura, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha hamkorlikni yanada jonlantirish ishlarini amalga oshirishga e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring