Turkiya harbiylari Iroq shimoliga yurish boshladi

«25-mart, yakshanba kuni Turkiya harbiy kuchlari Iroqning shimolida joylashgan Sinjor shahrida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi harbiy amaliyotlarni boshladi», — deya ma’lum qilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Afrin mintaqasida olib borilgan «Zaytun novdasi» operatsiyasi doirasida hudud ustidan to‘liq nazorat turklar qo‘liga o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Turkiya Suriya va Iroqda harakat qilayotgan kurd qurolli guruhlarini mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador deb hisoblaydi va ularni terrorchi tashkilot deb biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter