Turkiya adliya vazirligi rasmiy bayonot berdi

Turkiya adliya vazirligi mamlakatda bo‘layotgan voqealar yuzasidan matbuot uchun rasmiy bayonot berdi.
Ta’kidlanishicha, Istanbul respublika bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida 106 nafar gumonlanuvchi, jumladan, Istanbul shahri hokimiga nisbatan bugun ertalab hibsga olish to‘g‘risida qarorlar chiqarilgan.
Bu doirada Istanbul respublika bosh prokuraturasi tomonidan 2 ta tergov harakati olib borilmoqda.
Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha byuro tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida Istanbul shahri hokimi ham shular jumlasidan bo‘lgan yetti kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ushbu tergovda gumonlanuvchilar terrorchilik tashkilotiga yordam berish jinoyatini sodir etganliklari iddao qilinmoqda.
Qayd etilishicha, boshqa tergov harakatlari Uyushgan jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan olib borilmoqda. Ushbu tergov doirasida ham 100 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, ular orasida Istanbul shahri hokimi ham bor.
Ushbu tergovda gumonlanuvchilar jinoiy uyushma tarkibida poraxo‘rlik, tovlamachilik, kimoshdi savdolarida til biriktirish, malakali (kvalifitsiyalangan, jiddiy, og‘ir) firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda egallash kabi jinoyatlarni sodir etganliklari aytilmoqda.
Ikkala tergov bo‘yicha jami 106 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, Istanbul respublika bosh prokuraturasining bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, tergov materiallari orasida MASAK hisobotlari, soliq ekspertizasi xulosalari, depozitlar haqida hisobotlar, guvohlarning bayonotlari va boshqa dalillar mavjud.
Tergov har tomonlama o‘ta puxta va sinchkovlik bilan olib borilmoqda, deyiladi matbuot uchun taqdim etilgan press-relizda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter