Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turk Messisi» uchun kurashda «Real» ustun keldi

«Turk Messisi» uchun kurashda «Real» ustun keldi

«Real»  va «Fenerbahche» Arda Gyulerning transferi borasida kelishuvga erishdi.

18 yoshli yarim himoyachining transferi «Qirollik klubi» uchun 20 million yevroga tushadi. Yana 10 millionni madridliklar bonus sifatida to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Gyulerning tovon puli 17,5 million yevro. Bundan tashqari, «Fenerbahche» uning keyingi transferidan 20 foiz pul oladi.

Yosh iqtidor egasi «Real» bilan shartnoma imzolash uchun bugun Madridga yetib borishi kutilmoqda.

Avvalroq futbolchining vakillari bilan «Barselona» kelishib olgani ma’lum qilingandi. Ammo «Real» ko‘proq taklif bilan chiqdi va futbolchini «ilib ketdi».

Madridliklar bunday usulni Vinisius hamda Rodrigo transferida ham qo‘llashgandi. Bu futbolchilar avval «Barselona» skautlari tomonidan topilgan, kelishuvlarga erishilgan, ammo yakunda «Real» ularni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring