Turizm sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlari uchun «Davlatimiz rahbarining Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida belgilagan vazifalar va «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish» mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Kompleans nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi bosh mutaxassisi T.Ravshanov tomonidan Prezidentimizning Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar haqida aytib o‘tildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi M.Rasulov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 21 aprelda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmoni hamda «Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazmuni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi zamonaviy tendensiyalar va tizimdagi o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumotlar hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter