Turizm bo‘yicha maxsus telefon xizmati ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot markazining maxsus telefon xizmati (0371) 200-00-88 o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishni istovchi har qanday sayyoh kunning istalgan vaqtida mazkur raqamdan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishi, sayyohlik xizmati bilan bog‘liq barcha savollarga javob olishi mumkin.
Ko‘pchilikni qiziqtirgan aksariyat savollarga amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida operatorlar tezkorlik bilan javob qaytvarishadi. Bordiyu, savollar qo‘shimcha tafsilot va izohlarni talab etadigan bo‘lsa, operatorlar sizga qo‘mitaning tegishli mutaxassislarini ulab bershadi. Faqat bunday qo‘ng‘iroqlar kunning ish vaqtida amalga oshirilishi lozim.
Keyinchalik Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida mazkur xizmat turini takomillashtirish maqsadida qisqa to‘rt raqamli maxsus raqamlar ham ishga tushirilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter