Tungi klubda 21 nafar o‘smir sirli tarzda vafot etdi
Janubiy Afrika politsiyasi Os-Londen shahridagi tungi klublardan birida 22 nafar yigit-qizlarning sirli tarzda halok bo‘lganini tergov qilmoqda.
26 iyun sodir bo‘lgan hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum, hozirda o‘lim sabablari aniqlanmoqda. Ushbu o‘smirlar mazkur klubda maktabni bitirish oqshomini o‘tkazayotgan bo‘lishgan.
Halok bo‘lganlarning tanasida jarohat izlari topilmagan. Ularning jasadlari stolda, stulda, yerda yotgan holatda topilgan. O‘limga zaharlanish sabab bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda.
Hukumat rasmiylariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan 13 nafari o‘g‘il, 8 nafari qiz boladir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter