Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi alimentchi tungi klubdan topildi

Qidiruvdagi alimentchi tungi klubdan topildi

Foto: «Xabar.uz»

Sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatni, ya’ni farzandi ta’minotidan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan yurgan D.I. tungi klubdan topildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uni turmush o‘rtog‘i qaramog‘ida qolgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti o‘ylantirmagan. Natijada, qarzdorlik salkam 2021 yilning martidan 2024 yilning yanvar oyiga qadar 50 mln. so‘mdan ortdi.

Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. Kuni kecha ichki ishlar organlari xodimlari bilan olib borilgan tungi tadbir davomida qarzdor ota tungi klubdan topildi. Unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Sudning qaroriga asosan u 15 sutkalik qamoqni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Umuman olganda, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan 2023 yilning o‘zida jami 207 nafar qidiruvdagi shaxslar topilgan.

Olib borilgan profilaktik va tushuntirishlardan so‘ng 478 million so‘m qarzdorlik undirilishi ta’minlangan.

Hozirda esa 114 nafar shaxs qidirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring