Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik mutaxassisi 8 000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Hokimlik mutaxassisi 8 000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Hazorasp tumani hokimligi qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi J. N. naqd jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hokimlik xodimi fuqaro O.B.ga Tuproqqal’a tumani, «Obod» mahallasi hududidan 1200 kv. metr yer uchastkasi ajratib berishni va’da qiladi. Bu masala «o‘z-o‘zidan» hal bo‘lmasligi, tuman yer tuzish va davlat kadastri bo‘limidagilar ham go‘yoki «og‘zini ochib turishi»ni aytib,  8000 AQSh dollari so‘ragan. Pulni olayotgan vaqtda esa Departament va DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Holat bo‘yicha firibgarlik va pora berishga  qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Ayni jarayonda boshqa figurantlar ham paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring