Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman hokimi nomidan qalbaki qaror tayyorlaganlar ushlandi

Tuman hokimi nomidan qalbaki qaror tayyorlaganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hokimi qarorini qalbakilashtirish orqali firibgarlikka qo‘l urilganlik holatlari aniqlandi.  

Ya’niki, fuqaro I.T. tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Yangi hayot mavzesi hududidan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarolar S.B.dan 6,8 mln. so‘m, M.S.dan 18,5 mln. so‘m, F.R.dan (dastlab, 15 mln. so‘m keyinchalik) 5 mln.so‘m  oladi. Mazkur pullar hisobidan 1000 AQSh dollarini (2018-yilning dekabr oyida) Sirdaryo tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.X.ga beradi. S.X. esa uy-joy qurish uchun yer maydoniga tuman hokimining nomidan qalbaki qarorlarni chiqarib, I.T. orqali fuqarolarga beradi.

I.T.ning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi haqidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, S.X. bilan uchrashib, unga bergan qarorlari soxta ekanligini, fuqarolar pullarini talab qilayotganligini aytib, undan muqaddam olgan 1000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini qaytarib olgan vaqtida S.X. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.X. va fuqaro I.T.ga nisbatan JKning tegishli moddalaribilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring