Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transport vaziriga yana bir vazifa topshirildi: u basketbol federatsiyasini ham boshqaradi

Transport vaziriga yana bir vazifa topshirildi: u basketbol federatsiyasini ham boshqaradi

Bugun, 15-iyun kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston basketbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaga yangi rais saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Unda boshqa ishga o‘tgani sababli federatsiyaning avvalgi raisi Ruslanbek Davletovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi qanoatlantirilgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Maxkamov Ilhom Rustamovichning nomzodi O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari  tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Shu tariqa Ilhom Maxkamov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Mahkamov 2021-yildan Transport vaziri lavozimida faoliyat yurityapti.

O‘z o‘rnida, Ilhom Maxkamov bildirilgan ishonchni oqlashga, basketbol sportini mamlakatimizda yana-da ommalashtirish, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga va’da bergan. Shuningdek, kelgusida terma jamoalarning xalqaro maydondagi ishtirokini ko‘paytirish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring