Trampni faqat men yenga olaman — Robert Kennedi
AQSh prezidenti saylovida mustaqil nomzod sifatida qatnashayotgan Robert (Kichik) Kennedi bayonot berishicha, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni faqat u yenga oladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
«Donald Trampni yengishi mumkin bo‘lgan boshqa nomzod yo‘q. Bu saylovda g‘alaba qozonishimga ishonaman», — dedi Robert Kennedi.
Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Demokratlar partiyasi nomzodi Jo Bayden prezidentlik uchun kurashishdan chiqqanini rasman e’lon qildi.
Ma’lumot uchun: Robert Frensis (Kichik) Kennedi (1954-y. tug‘ilgan) — radiokompaniya egasi, aktivist va advokat (atrof-muhit muhofazasiga ixtisoslashgan), prezidentlik uchun mustaqil nomzod. Uning otasi Robert Frensis Kennedi — AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining ukasi.
Qo‘shimcha ma’lumot: uning otasi Robert Kennedi (1925-y. tug‘ilgan) — Amerikaning taniqli siyosiy va davlat arbobi. AQSh bosh prokurori (1961–1964), Nyu-York shtatidan senator (1965–1968) bo‘lgan. 1968-yilda AQSh prezidentligi uchun kurashgan. O‘sha yilning 5-iyunida tarafdorlari qarshisida so‘zlayotgan paytida terrorchi o‘q uzib, unga og‘ir jarohat yetkazadi, 6-iyun kuni vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter