Trampga o‘qilgan hukm uning saylovchilariga qanday ta’sir qildi?
Nyu-York sudi Donald Trampni hujjatlarini soxtalashtirishda aybdor deb topganidan so‘ng, Respublikachilar partiyasining ro‘yxatga olingan saylovchilaridan 10 foizi unga ovoz berish fikridan qaytgan. Reuters 31-may kuni o‘tkazgan so‘rov davomida bu oydinlashdi.
Hukm o‘qilishi bilanoq o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Respublikachilarning ro‘yxatga olingan saylovchilaridan 56 foizi AQSh prezidenti saylovida o‘z tanlovlarida qat’iy qolib, Tramp uchun ovoz berishlarini, 35 foizi esa katta ehtimol bilan Trampni qo‘llashda davom etishlarini bildirishdi.
Reuters ta’kidlashicha, sobiq prezident uchun bo‘lg‘usi saylovda Respublikachilarning 10 foiz ovozidan mahrum bo‘lish juda katta yo‘qotishdir, 35 foizlik elektorat esa hukm natijasidan qat’i nazar, katta ehtimol bilan Trampga ovoz bergan bo‘lardi.
Ko‘plab taniqli shaxslar prezident saylovi arafasida Trampning jinoiy javobgarlikka tortilishini «Dunyodagi eng adolatli sud tizimining inqirozi», deya baholashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter