Trampga hadya qilingan shohona choponlar nega Oq uyni xavotirga solib qo‘ygan?
Saudiya Arabistoni qirollik oilasi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga soxta yo‘lbars terisidan tikilgan choponlar tuhfa etgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yili Saudiya Arabistoni rahbari AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Tramp va unga hamroh bo‘lgan kishilarga 80 dan ortiq shohona kiyim-kechaklar, jumladan, qoplon va yo‘lbars terisidan tikilgan choponlar tortiq qilgan.
Prezident vataniga qaytgach, Oq uy agar sovg‘alar haqiqatan ham yovvoyi hayvonlar terisidan tikilgan bo‘lsa, ma’muriyat 1973-yilgi qirilib ketayotgan hayvonlar va atrof-muhit to‘g‘risidagi qonunlarni buzishi mumkinligidan ogohlantirildi.
The New York Times ta’kidlashicha, Oq uy qirollik oilasi hadya qilgan choponlar haqidagi ma’lumotni qariyb to‘rt yil sir saqlagan. Shunga qaramay, 2021-yilda o‘tkazilgan ekspertiza natijalari endigina ma’lum bo‘ldi, hashamatli buyumlar sun’iy matolardan tikilganligi isbotlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter