Tramp tarjimonga: «Tishingning oqini ko‘rsatmaysan...»
AQSh Kongressining razvedka va tashqi ishlar qo‘mitalari vakillari Donald Trampning Vladimir Putin bilan uchrashuvidagi tarjimonini so‘roqqa chaqirish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.
«Biz tajrimonni so‘roqqa chaqirtirishning huquqiy asoslarini o‘rganyapmiz, agar qonun yo‘l bersa, bu imkoniyatdan foydalanishimiz turgan gap», — dedi ikkala qo‘mita rasmiy vakillari.
Hammasi «The Washington Post» e’lon qilgan xabardan keyin boshlandi. Nashrning ma’lum qilishicha, 2017-yili Gamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida AQSh va Rossiya rahbarlari uchrashgan. Emishki, o‘sha uchrashuvda Tramp tarjimonning qo‘lidagi hamma qog‘ozlarni tortib olib, bu yerda eshitganlari haqida biror joyda tishining oqini ko‘rsatmaslikni buyurgan ekan. Kongressmenlarning «paytavasiga qurt tushgani» sababi shu.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter