Tramp qay holatda uchinchi jahon urushi bo‘lishini bashorat qildi
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuv chog‘ida demokrat Kamala Harris saylansa, uchinchi jahon urushi bo‘lishini bashorat qildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Trampning aytishicha, Harris Yaqin Sharq muammolarini yaxshi tushunmaydi. «Har qachongidan ham uchinchi jahon urushiga yaqinroqmiz. Hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmaganmiz, chunki bizda davlatni layoqatsiz odamlar boshqarmoqda», — degan u.
Tramp bilan uchrashishdan oldin Netanyahu Harris bilan gaplashgan. Harris unga G‘azo sektorida imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha «Hamas» bilan kelishuv imzolashga chaqirdi. Siyosatchi anklavda tinch aholi orasida qurbonlar soni ko‘pligidan jiddiy xavotir bildirdi.
Axios o‘z manbalariga tayanib, Isroil bosh vaziri Amerika vitse-prezidentining bayonotlaridan hafsalasi pir bo‘lganini xabar qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter