Tramp AQShda favqulodda holat e’lon qilishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, Meksika chegarasidagi devorni «juda tez» qurishi mumkinligini ma’lum qildi. Davlat rahbarining aytishicha, buning uchun unga kongressning tasdig‘i zarur emas. Shuningdek, u parlamentning yuqori palatasi bilan kelishish mumkinligini ham aytgan.
Demokratlar Meksika chegarasida devor qurilishi uchun 5 mlrd dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan budjetni qabul qilishdan bosh tortayotgani sabab AQSh hukumati 22 dekabrdan buyon qisman ishlamayapti. Tramp budjet inqirozi tez kunda hal etilishiga umid bildirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter