Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp jamoasi «Afg‘onistondan chiqib ketish»ning aybdorlarini sudga berishi mumkin

Tramp jamoasi «Afg‘onistondan chiqib ketish»ning aybdorlarini sudga berishi mumkin

Tramp jamoasi Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni tashkillashtirishda ishtirok etgan harbiylar ro‘yxatini tayyorlamoqda va ularni javobgarlikka tortish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda NBC News telekanali ma’lum qilmoqda.

XAbarda aytilishicha, Tramp jamoasi Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish holatlarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu komissiya Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishga qaror qilgan harbiylarga, jumladan, davlatga xiyonatda ayblovlar qo‘yish mumkinmi yoki yo‘qligini hal qilishi kerak.

Donald Tramp avvalroq Jo Bayden davrida 2021-yilda Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilishini «xo‘rlik» va «mamlakatimiz tarixidagi eng sharmandali kun» deb atagan edi. Xususan, Tramp saylovoldi kampaniyasida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish mavzusidan foydalangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring