Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQSh o‘z armiyasidan foydalanishga majbur bo‘lmasligiga umid qilmoqda

Tramp AQSh o‘z armiyasidan foydalanishga majbur bo‘lmasligiga umid qilmoqda

Foto:«Army.mil»

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh o‘z qurolli kuchlarini qo‘llashga aslo majbur bo‘lmasligiga umid bildirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurolli kuchlarni qayta tiklash bilan shug‘ullanayapti. Bu yil shu maqsadga 700 milliard dollar ajratilgan. O‘tgan yili 716 milliard dollar yo‘naltirilgan edi.

«Biz o‘z qurolli kuchlarimizni tiklaymiz. Biz qurolli kuchlar qamrovini kengaytirib, yanada kuchli va mustahkam asosga ega qilamiz. Har doimgidan ham kuchliroq bo‘ladi. Lekin umid qilamanki, biz qurolli kuchlarimizni ishlatishga aslo majbur bo‘lmaymiz», – degan Tramp.

Avvalroq Tramp Pentagonga kosmik qo‘shinni shakllantirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. U AQSh armiyasining bir tarmog‘i bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring