Bashar Asad armiyasi nega tezda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi? Sabablar

Suriya arab armiyasi askarlari hukumatga qarshi guruhlar koalitsiyasining hujumi natijasida tezda orqaga chekindi, chunki ular ruhiy tushkunlikka tushib qolgan, deb sobiq hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi o‘nlab manbalar ma’lumotida. Ularning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar keng tarqalgan korrupsiya va aniq harakatlar rejasi yo‘qligi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan.
Jangarilar Aleppoga yaqinlashar ekan, Suriya armiyasi bo‘linmalariga o‘zlari harakat rejasini ishlab chiqish yoki qayta to‘planish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xoms shahriga chekinish buyrug‘i berildi, dedi Suriya xavfsizlikdagi ikki manba. Natijada, hujum boshlanganidan ikki kun o‘tib, 29 noyabr kuni Aleppo isyonchilar nazoratiga o‘tdi. Bu «harbiylar orasida hayratga sabab bo‘ldi», dedi ismi oshkor etilmagan uch zobit Reuters agentligiga.
Isyonchi guruhlarga qarshi kurashayotgan yerda qolgan ko‘plab bo‘linmalarda kadrlar yetarli emas edi. Reuters suhbatdoshlarining tushuntirishicha, zobitlar askarlarni pora evaziga xizmatdan ozod qilgan yoki maoshlarini olib, uylariga qaytishni buyurgan.
2020 yilda Londonda joylashgan Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti ta’kidlaganidek, Suriya armiyasi o‘sha paytda 130 ming kishidan iborat bo‘lib, «tartibsiz militsiya tipidagi tuzilmaga aylangan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter