Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin ikki yilda uchinchi marta harbiylar sonini oshirdi

Putin ikki yilda uchinchi marta harbiylar sonini oshirdi

RF prezidenti Putin ikki yil ichida uchinchi marta Rossiya armiyasi sonini yana oshirdi.

Vladimir Putin o‘z farmoni bilan Rossiya Qurolli Kuchlarining shtat darajasini 2 million 389 ming 130 kishiga oshirdi, bu raqam 1,5 million harbiy xizmatchini o‘z ichiga oladi («shu jumladan, 1 million 500 ming harbiy xizmatchi», — deyiladi hujjatda).

Farmon 2024-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi.

Bungacha Putin o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya armiyasining shtat sonini 2 209 130 kishiga, shu jumladan 1 320 000 harbiy xizmatchiga oshirgan edi. Shunday qilib, yana 180 ming harbiy xizmatchi bo‘ladi.

2022-yil avgust oyida, Ukrainada urush boshlanganidan olti oy o‘tgach, Rossiya Qurolli Kuchlarining shtat soni 1 150 628 nafar harbiy xizmatchiga ko‘tarildi. O‘sha paytda Rossiyada 2017-yilgi farmon amalda edi - unga ko‘ra, shtat 1 013 628 nafar harbiy xizmatchi bo‘lishi kerak edi, bu ko‘rsatkich urush boshlanishida dolzarb edi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va G‘arb urushda Rossiyaning ulkan yo‘qotishlari haqida gapirib keladi. Rossiya tomoni esa o‘z yo‘qotishlari haqida bayonot berishdan tiyilmoqda. Urush sharoitida qurbonlar va yaralaganlar haqida aniq ma’lumot olish imkonsiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring