Tramp Liviya feldmarshali Haftar bilan muloqot qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Liviya milliy armiyasiga qo‘mondonlik qilayotgan feldmarshal Xalifa Haftar bilan muloqot qildi.
15-aprelda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Tramp va Haftar Liviyadagi notinch vaziyatni barqarorlashtirish va terrorizmga qarshi kurash haqida gaplashgan. Bu haqida Oq uy tomonidan rasmiy ma’lumot berilgan.
Tramp Liviyaning neft resurslarini qo‘riqlash va terrorizmga qarshi kurashda Haftarning o‘rnini alohida ta’kidlagan. Ushbu suhbat Liviyada tinchlik o‘rnatilishida muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yilda Liviyada fuqarolar urushi kelib chiqqan edi. Unga ko‘ra mamlakatni 1969-yildan buyon boshqarib kelgan polkovnik Muammar Kaddafi ag‘darilgan va o‘ldirilgandi. Unga qarshi bo‘lganlar safida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar koalitsiyasi kurash olib borgan.
Shundan so‘ng Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgan. Sharqda, Tobruk shahrida parlament boshqaruvi tashkil etilgan, g‘arbda, Tripolida esa milliy kelishuv hukumati amalda bo‘lgan. 2014-yilda Xalifa Haftar sobiq hukmdor Kaddafiga sodiq bo‘lgan kuchlarni atrofida to‘plagan va sharqdagi Beng‘ozi shahrini qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng mamlakat janubidagi boy neft konlari uning nazorati ostiga o‘tgan.
Xalqaro kuzatuvchilar Haftar timsolida «yangi Kaddafi»ni ko‘rishmoqda. Uni Misr hamda Birlashgan Arab Amirliklari qo‘llashi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter