Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tozalash ishlari uchun kelgan ayol o‘g‘irlik sodir etdi

Tozalash ishlari uchun kelgan ayol o‘g‘irlik sodir etdi

Foto: «Avto.repost.uz»

2021-yil 19-mart kuni Namangan shahrida yashovchi xususiy tadbirkor ariza bilan murojaat qilgan. O‘sha kuni soat 10:00 dan soat 14:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Namangan shahrida joylashgan avtomobillarni yuvish shahobchasining dam olish xonasida bo‘lgan 1.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergovchisi, 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu joyga tozalov ishlarini bajarish uchun olib kelingan Chortoq tumanida yashovchi ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo (1.000.000 so‘m pul) olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring