Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkentshahargaz» ta’minoti sobiq xodimi jinoyat ustida ushlandi

«Toshkentshahargaz» ta’minoti sobiq xodimi jinoyat ustida ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

«Toshkentshahargaz» ta’minoti sobiq xodimi B.N. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, tashkilotning xizmat guvohnomasiga soxta ma’lumot kiritib, fuqaro A.ga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 16,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring