Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanmoqda

Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanmoqda

Toshkent shahrining quyidagi ko‘chalari joriy yilning 18 iyun kuni soat 17.00 dan 19 iyun kuni soat 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:

—  Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

19 iyun kuni soat 05.30 dan 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyida keltirilgan ko‘chalarda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:

—  Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

—  Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi va Afrosiyob va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasigacha;

—  Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;

—  Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Matbuotchilar ko‘chalari chorrahasigacha;

—  Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

Ushbu ko‘chalarda «Yoshlar oyligi» munosabati bilan Oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida «Vatan qalqoni» nomli yugurish bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring