Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi uziladi
Yashnobod tumanida uch qavatli ko‘prik qurilishi, shuningdek, Issiqsuv ko‘chasidagi D – 1400 mm. quvurining bir qismi qayta ko‘chirilishi munosabati bilan 2019-yilning 18-fevralidan 20-fevraliga qadar ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ichimlik suvi tarmoqdan to‘liq uziladigan hududlar:
Yashnobod tumanida:
- Toshkent mexanika zavodi (TAPOiCh), ARMZ temir yo‘l ta’mirlash zavodi, Semurg zavodi, «Korzinka Aviator» savdo markazi, Harbiy qism – 1,2,3,4 Tuzel va Aviasozlar mavzelari hamda Shohimardon, Oydinko‘l, Chilonota, Yangilik, Nodirabegim, Husnobod, Iltifot, Shirmonbuloq, Muruvvat, Havaskor, Ko‘lamli, Murabbiy, 1 tor Murabbiy, Katta Yangiobod, Pahlavon, Donishmand, Xislat, Shohsanam, Nigora, 1,2 tor Nigora, Tolariq, Ma’rifat, Go‘zal, Sokin tor, ko‘chalari va 58-son Harbiy shaharcha;
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- Parkent, Parkent 3,4 tor, Issiqsuv, Issiqsuv 1,2,3 tor, Karnok hamda Karnok tor ko‘chalari;
Suv bosimi pasayadigan hududlar:
Yashnobod tumani:
- Asalobod 1,2 mazelar;
Suv bosimi ko‘tariladigan hududlar:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, TXAY, Qorasuv mavzesidan – Parkent ko‘chasigacha.
Poytaxt ma’muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter