Toshkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2021-yil 17-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarida «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi tomonidan metropoliten yo‘nalishlarida olib boriladigan qurilish ishlari hamda huddudagi L-DOK-1, 2 quvvati 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘idagi temir beton ustunlarning joyini o‘zgartirish (demontaj) ishlari olib boriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Olmazor tumanidagi 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, ruhiy kasalliklar kasalxonasi, «Ibrohim ota» MFY, «Gulzor» MFY, «Taraqqiyot» MFY, «Oltinsoy» MFY, «Mirpulatova» MFY, «Qorasaroy» MFY, «O.Hotamova» MFY, «Hasanboy» MFY, «Ahil» MFY hamda «Yangi Toshkent» MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari.
Yunusobod tumanidagi 6, 7, 8, 9 va 10-dahalarida, «Sobirobod» MFY, «Uch qahramon» MFY, «Chinor» MFY, «Shodlik» MFY, «G‘ayratiy» MFY, «Turkiston» MFY, «Astraobod» MFY, «Gulzor» MFY, «Sh.Kazakbayeva» MFY, «Beruni» MFY hamda «Hasanboy» mavzesida, shuningdek, «Korzinka» savdo kompleksida elektr energiyasi soat 07:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter