Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ipoteka-bank»ning navbatdagi «Minor» bank xizmatlari markazi ochildi

«Ipoteka-bank»ning navbatdagi «Minor» bank xizmatlari markazi ochildi

Bugun, 6 dekabr kuni Yunusobod tumanida «Ipoteka-bank»ning «Minor» bank xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi.

Mazkur markazda aholi va mijozlarga barcha bank xizmat turlari haftaning dushanba-juma kunlari soat 9-00 dan 19-00 gacha va shanba kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha ko‘rsatiladi.

Bunday bo‘linmalar tarmog‘ini rivojlantirish aholiga yanada yaqinroq bo‘lish, o‘z mijozlari hayotida faol ishtirok etish, ularga biznes yuritish va shaxsiy mablag‘larni boshqarishda maslahatlar hamda yordam berish singari maqsadlarni ko‘zlaydi. Darhaqiqat, bu nafaqat mijozlarga yaqinroq bo‘lish, balki ular muvaffaqiyatining bir qismiga aylanish imkonini beradi.

Yangi bank xizmatlari markazlari ochish loyihasi ustida Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari, xorijiy maslahatchilar hamda bankning turli bo‘linmalaridan tashabbuskor jamoa ish olib bordi. Bunda eng asosiysi mijoz bilan bank xodimi o‘rtasidagi barcha to‘siqlar to‘liq bartaraf etildi. Mijoz elektron navbat qurilmasidan foydalangan holda kelib joylashishi bilan bank xodimi uning oldiga o‘zi kelib xizmat ko‘rsatadi.

– Aholi xizmatlarimizdan foydalansa, ularning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilsak xursand bo‘lamiz, – dedi «Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruv Raisi Elyor Inomjonov. – Biz har bir filialni ochishdan avval aholi gavjumligini hisobga olamiz. Yangi ofislar loyihasi mijozlarga xizmat ko‘rsatish formatini o‘zgartirish, mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, mijozlarga maslahatlar berish va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish, ularning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini oqilona qondirish va bank brendini, nufuzini oshirishga qaratilgan.

Loyihani ishlab chiqish asnosida xorijiy banklar tajribasi o‘rganilgan. «Ipoteka-bank»ning yangi flagmanlik bank xizmatlari markazlari an’anaviy bank filiallaridan tubdan farq qiladi. Jumladan, xonalarni joylashtirish tamoyillarini o‘zgartirish va ularni muzokaralar o‘tkazish joyiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Bank jamoasi mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishga astoydil harakat qildi.

Bankning yangi biznes modeli diqqat markazida mijoz bo‘lib, barcha amaliyotlar hamda bank mahsulotlari uning atrofida yaratiladi. Xar bir mahsulot mijoz ehtiyojini o‘rgangan holda, ushbu ehtiyojni qondirish tamoyili asosida yaratilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring