Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yashillikni 2024 yilgacha 30 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi

Toshkentda yashillikni 2024 yilgacha 30 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining 16.09.2022-yildagi «Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh rejasini tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2023-2027-yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha Bosh reja tasdiqlandi, unga ko‘ra har yili:

- 7 mln ga yaqin mavsumiy gullar;
- 75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.

Bosh rejada yil yakuniga qadar yog‘ingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv to‘planishi va suv toshishi mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini ko‘rish nazarda tutilmoqda.

Qaror bilan quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

- 2024-yilga qadar poytaxtni yashillik darajasini 30 foizga yetkazish;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub bo‘lgan korxonalarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni o‘rnatilishini nazorat qilishni yuklatish;
- shahar va tumanlar markazlari ko‘chalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazib, tarmoqlarni joriy ta’mirlash va yangilash choralarini ko‘rish;
- daraxtlarni zararkunanda hasharotlardan saqlab qolish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
- 2022-2024-yillarda shahardan o‘tadigan kanallarning (62 km qismi) qirg‘oq bo‘ylarini obodonlashtirish, kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgohlar tashkil etish.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring