Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik qiz otasini o‘ldirish uchun «killer» yolladi

Toshkentlik qiz otasini o‘ldirish uchun «killer» yolladi

Bir jinoyat ikkinchisini fosh qildi. Keyingisi uncha-muncha tasavvurga sig‘maydigan qilmish bo‘lib chiqishi hatto tergovchilarning xayoliga kelmagan bo‘lsa kerak.

Voqelikka ko‘ra, tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limida o‘ttiz to‘qqiz yoshli M. T.ga (muqaddam sudlangan) oid jinoyat ishi (105-modda, qasddan badanga shikast yetkazish) astoydil tergov qilayotgandi. Ayblanuvchi nima sababdan o‘zidan yigirma yosh katta jabrlanuvchini temir bo‘laklari bilan urganini tushuntirib berolmaydi. U deb ko‘radi-bu deb ko‘radi, biroq gaplari hech yopishmaydi.

Oxiri hammasini tan oladiki, natijada u shunchaki zo‘ravon emas, balki no‘noq «killer» ekani fosh bo‘ladi. Ya’nikim, M. T. jabrlanuvchining qizi tomonidan 15 ming AQSh dollari evaziga yollanib, kelishuvga ko‘ra, uni (jabrlanuvchini) o‘ldirishi kerak edi. Biroq jabrlanuvchiga o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazishga ulguradi, xolos.

Shu tariqa jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi, tergov jarayonida esa odam o‘ldirishga qilgan harakat nihoyasiga yetmay qolgani aniqlanib, ayblanuvchining xatti-harakatlari Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi «p» bandiga (odam o‘ldirishga sui’qasd qilish) qayta malakalanadi. Vaziyatning keskin o‘zgarib ketishi esa jabrlanuvchining qizi va shu ishga aloqador boshqalarni ham qo‘lga olishiga olib keladi.

Xabar.uzning manbasiga ko‘ra, qizning (1987 yilda tug‘ilgan) odam yollab otasini jismonan yo‘q qilishga urinishi ikki o‘rtadagi mulk mojarosiga taqalishi aytilmoqda.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring