Toshkentga yuborilgan 7 ta vagon-sisternadagi benzinni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 vagon sisternadagi Ai-95 benzinini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30-yanvar kuni fuqarolar B.S, Sh.D. va D.I. boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentdagi Carpe Diem Energy MChJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta sisterna vagonlarga yuklangan Ai-95 markali benzin o‘g‘irlagan.
Ular vagonlarning tepa qismidagi «lyuk»ka o‘rnatilgan tamg‘alarni kesgan va ularni ochib, o‘z boshqaruvlarida bo‘lgan neft mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga yuklagan.
Mazkur holat yuzasidan B.S. va boshqalarga nisbatan Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter