Toshkentga olib ketilayotgan bir tonna sifatsiz go‘sht to‘xtatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan IIB hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanidagi YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro G‘.X. «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasida fuqaro I.Yu.ga tegishli iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 941 kg qoramol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotgan vaqtda ushlanib, ushbu go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter