Toshkentdagi tungi klubda pichoqbozlik. Sportchi halok bo‘ldi
Kecha, 8-avgust kuni soat 23:45 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 1-a-uyda joylashgan «Aurum» tungi klubi kirish eshigi oldida mudhish jinoyat yuz berdi.
Bosh prokuraturaning xabariga ko‘ra, erkin kurashchi J.Kenjayev «Aurum» tungi klubi qo‘riqchilari Sh.I. va A.M. bilan o‘zaro janjallashgan va yonidagi oshxona pichog‘i bilan Sh.I.ga va A.M.ga sanchib, tan jarohatlari yetkazgan.
Janjal davomida voqea joyida bo‘lgan «Aurum» tungi klubida qo‘riqlovchi yordamchi Sh.Q. J.Kenjayevning qo‘lidan pichoqni tortib olib, unga sanchgan.
Tan jarohatlari olgan Sh.I. 7-sonli ShKShga, A.M. 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Olgan tan jarohatlari bilan J.Kenjayev Yunusobod tumanidagi 7-sonli ShKShga yotqizilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilsa-da, yetkazilgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan bugun, 9-avgust kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Sh.Q.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter