Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tungi klub oldidadagi janjal bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tungi klub oldidadagi janjal bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2022-yil 24-sentyabr kuni Urgut tumani Bahrin MFYda joylashgan tungi klub oldida bir guruh shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylangani haqida xabar bergandik.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati janjal bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hozirda to‘plangan hujjatlar qaror qabul qilish uchun tergov organlariga topshirilganini ma’lum qilgandi.

Hozir xabar berilishicha, tungi klub oldida janjal qilganlarga nisbatan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring