Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Muqimiy ko‘chasi qariyb bir oyga qisman yopib qo‘yildi

Toshkentdagi Muqimiy ko‘chasi qariyb bir oyga qisman yopib qo‘yildi

Toshkent shahar Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi 10-sentyabrdan 5-oktyabrgacha qisman to‘sib qo‘yildi.

«Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi «isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari boshlangani»ni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari quvurlarni ko‘chirishdan tashqari (har birining diametri 700 mm va umumiy uzunligi 1 km) zulfinlar va bazi uskunalar ham almashtiriladi.

Ish iste’molchilarga issiq suv ta’minotini cheklamasdan amalga oshiriladi. 11-15-sentyabr kunlari Muqimiy ko‘chasida issiq suvning bo‘lmasligi «Toshkent IEM»ning rejali to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring