Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning 5 ta tumani aholisi issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi

Toshkentning 5 ta tumani aholisi issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi

Joriy yilning 25-27 mart kunlari Toshkent shahrining 5 ta tumani ayrim mahallalarida 09:00 dan 18:00 ga qadar issiq suv ta’minoti uziladi.

«Veolia Energy Tashkent» korxonasining ma’lum qilishicha, bu poytaxtdagi issiqlik tarmoqlarining maksimal chidamliligini tekshirish hamda kelasi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan bog‘liq.

Jumladan:

– 25-mart kuni Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, va Yunusobod tumanlarining quyidagi mahallalarida (ToshGRES mikrorayoni):

Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-tor ko‘chasi Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalqa yo‘li, Katta xalqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalang‘och mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyoziy, 1-Bo‘z, 2-Bo‘z ko‘chasi, ToshGRES aholi punkti, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.

– 26-mart kuni Chilonzor va Uchtepa tumanlarining quyidagi mahallalarida:

Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘pon ota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbrobod, 4-tor ko‘chasi Do‘mbrobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston ko‘chalari Chilonzor mavzesi (5-12, G9A, 16-20, 24-26, S, 20A mavzelari)

– 27-mart kuni Mirzo-Ulugbek tumanining quyidagi mahallalarida:

Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 2-, 3-, 4-,6-, 7-Qorasuv mavzelari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring