Toshkentdagi INHA universiteti Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik qiladi
Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov boshchiligidagi ishchi guruh 22-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi.
Uchrashuvda Muzaffar Jalolov va OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kombinatni raqamlashtirish, rejalashtirilgan avtomatlashtirishni amalga oshirish va IT-kadrlarni tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar Toshkent shahridagi INHA universitetining iqtidorli talabalari kombinatda amaliyot o‘tashlari, ularni IT-loyihalarga jalb qilish hamda OKMK bo‘ylab press-turlar tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter