Toshkentdagi elektr podstansiyalarining qishga tayyorligi o‘rganildi
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh qish mavsumidagi yuqori yuklamalar oldidan elektr podstansiyalarining holatini tekshirdi.
Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlariga tashrif chog‘ida uskunalarning texnik holati, shuningdek, shahar energetika infratuzilmasining elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishga tayyorligi chuqur tahlil etildi. Aniqlangan kamchiliklar, jumladan, uskunalarning ayrim qismlarining eskirgani va nazoratni kuchaytirish zarurati batafsil ko‘rib chiqildi.
Shavkat Umurzakov mas’ul tuzilmalarga bir qator aniq topshiriqlar berdi. Ular qatorida uskunalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, profilaktik xizmat va tashkiliy choralarni kuchaytirish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tezkor munosabat bildirish choralari ham bor.
Qish mavsumida shahar elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ushbu topshiriqlar bajarilishi alohida nazoratga olingan.
Shuningdek, tashrif davomida aholi murojaatlari ham tinglanib, ularga yechim topish choralari ko‘rildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter