Toshkentdagi ayrim ko‘chalar taroveh namozlari vaqtida to‘liq yopiladi
Toshkent shahrida taroveh namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida (13 apreldan 12 mayga qadar) — soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Jumladan:
Lutfiy ko‘chasi (faqat masjid tomoni, qarama qarshi tomon harakat uchun ochiq bo‘ladi) — Katta Qa’ni ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha («Abdulloh ibn Mas’ud» masjidi;
Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi — Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon aylanma ko‘chasigacha («Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha) jome masjidi;
Keles yo‘li — Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha («Do‘stjonboy ota» jome masjidi;
Kamolon ko‘chasi — Samarqand darvoza ko‘chasidan Bunyodkor shoh ko‘chasigacha («Xo‘ja Alambardor» (Kamolon) jome masjidi;
Al-Xorazmiy ko‘chasi — Katta Qa’ni ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha («Ubay ibn Ka’b» (Bo‘rijar, Ilonlik ota) jome masjidi;
Qoraqamish-3 ko‘chasi — Qoraqamish-1 ko‘chasidan Keles yo‘ligacha («Siroj-solih» jome masjidi) yopiladi.
«Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda, masjidlarga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Haydovchilardan taroveh namozlari vaqtida masjidlar atrofidagi ko‘chalarni chetlab o‘tish iltimos qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter