Toshkentda yashin urgan daraxt bo‘laklanib ketdi. Maktab binosi ham zarar ko‘rdi
![Toshkentda yashin urgan daraxt bo‘laklanib ketdi. Maktab binosi ham zarar ko‘rdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2239493158.jpg)
Toshkent shahrida kecha, 20 mart kuni kuzatilgan momaqaldiroq vaqtida Mirobod tumanida daraxtga yashin urishi hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga bershicha, Mirobod tumanidagi 83-sonli umumta’lim maktabi oldidagi daraxtga yashin urishi ro‘y bergan.
Hodisa oqibatida maktab binosining eshik va oynalariga zarar yetgan. Yashin urgan daraxt esa bo‘laklanib ketgan.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter