Toshkentda yurak kasalliklarini davolaydigan yangi tibbiyot markazi ochiladi
Toshkent shahrida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha xususiy tibbiyot markazi ochilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, markaz Polsha Respublikasining IRIMED Sp. Zo.o.s.k kompaniyasi tomonidan 2020-2023 yillarda 25,0 mln AQSh dollari miqdoridagi sarmoya hisobiga tashkil etiladi.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- ilg‘or xalqaro standartlar darajasida yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash;
- yuqori texnologiyali kardiojarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish;
- mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va boshqalar.
Shuningdek, markaz respublika aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan kamida 2 nafar bemor uchun har oyda yuqori texnologiyali qon tomir jarrohlik operatsiyalarini bepul o‘tkazish va har yili 10 nafardan kam bo‘lmagan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish majburiyatini oladi.
Qayd etilishicha, markazga Toshkent shahar Kichik Xalqa Yo‘li ko‘chasida joylashgan Toshkent stomatologiya institutining qurilishi tugallanmagan majmuasiga egalik huquqi berish ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter