Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan Toshkentda yana bir koreys universiteti filiali ochiladi

Prezident qarori bilan Toshkentda yana bir koreys universiteti filiali ochiladi

Foto: «.Studyinkorea.go.kr»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev innovatsion muhitni shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida «Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida» qarorni imzoladi. 

Universitetga qabul 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘rtasida kirish imtihonlari o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli, tartibi va muddati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi.

Mazkur qarorda shuningdek, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida joylashgan  Chilonzor pedagogika kollejining bino va inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berilishi, keyinchalik bepul foydalanish uchun Universitetga o‘tkazilishi ham belgilab qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring