Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana avtobus yonib ketdi. FVV bayonoti

Toshkentda yana avtobus yonib ketdi. FVV bayonoti

Bugun, 21-may kuni soat 16:40 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, Ashxobod bog‘i oldidagi bekatda 96-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlangan «Mercedes-Benz» rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

Bu haqda FVV xabar berdi. 

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:50 da o‘chirilgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi vazirlik xabarida.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq «Aviasozlar» bekatida avtobus va yengil avtotransport haydovchilari o‘zaro tortishayotgani bo‘yicha izoh berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring