Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana 16 dona yangi avtobus yo‘nalishlarga chiqarilmoqda

Toshkentda yana 16 dona yangi avtobus yo‘nalishlarga chiqarilmoqda

«Toshshahartransxizmat» AJ va «TRUCK AND BUS TRADE GROUP» MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, joriy yilning 4-yanvar kuni «MAN A22 CNG» rusumli avtobuslarning navbatdagi 16 donasi «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufiga topshirildi.

Mazkur avtobuslarning:

4 donasi — «1 Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 28-sonli «Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi»;

4 donasi — «7 Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 13-sonli «Izza mavzesi – Toshkent MUM»;

1 donasi — «8 Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 91-sonli «Yunusobod mavzesi 15-daha – Ko‘kcha masjidi bekati»;

1 donasi — «8 Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 118-sonli «Chilonzor buyum bozori – O‘zposlsavdo»;

3 donasi — «18 Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 87-sonli «Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi»;

3 donasi — «18 Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 88-sonli «Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf ko‘chasi» avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring