Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda marafon sabab ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkentda marafon sabab ayrim ko‘chalar yopiladi

Foto:Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 1-mart kuni o‘tkaziladigan marafon sababli soat 8:00 dan 11:00 gacha shahrimizdagi ayrim ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ular quyidagilar:

- Oybek ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

-Afrosiyob ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

-Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy nomli DAKT gacha bo‘lgan qismi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring