Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda va «Aloqachi» oromgohida kompyuter kurslari tashkil etildi (video)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshta tashabbusning uchinchisi – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Uchinchi tashabbus doirasidagi bolalar uchun kompyuter savodxonligi kurslari «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filiali tomonidan avgust oyida tashkil etildi.

Toshkentda «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filiali binosida hamda «TShTT» filialiga qarashli «Aloqachi» BSMda tashkil etilgan kurslarda «O‘zbektelekom» AK xodimlarining 200 nafardan ortiq farzandlaridan yoshi va ta’lim tiliga asosan 10-13 yoshgacha («Aloqachi» BSM) va 14-17 yoshgacha o‘quv guruhlari shakllantirildi.

Qolaversa, oromgohdagi kurslarda Chilonzor tumanidagi 4-maxsus maktab-internat bolalari ham qatnashdi.

«Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filialining Toshkentdagi qisqa muddatli o‘quv kurslari 30-avgustga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring