Toshkentda «universal o‘g‘rilar» qo‘lga olindi: monoblok, televizor, velosiped...

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB xabariga ko‘ra, shu yilning 18 noyabrdan 19 noyabrga o‘tar kechasi MChJ ofisiga o‘g‘rilikka tushgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, ofisdan har biri 450 dollarlik 6 dona monoblok, narxi 1450 va 500 dollarlik televizorlar hamda narxi 300 dollarlik velosiped o‘g‘irlab ketilgan edi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslar — 25 yoshli Rahmatullo va 18 yoshli Sardor qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter