Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Tracker» avtobus bilan to‘qnashib yonib ketdi, uch kishi jarohat olgan

Toshkentda «Tracker» avtobus bilan to‘qnashib yonib ketdi, uch kishi jarohat olgan

Shu yilning 22-yanvarga o‘tar kechasi Toshkentning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 4-sonli avtokorxona qarshisida haydovchi A.T. o‘z boshqaruvidagi «Tracker» avtomobilida tezlikni oshirib harakatlangan.

Natijada rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan «Isuzu» rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuvdan so‘ng «Tracker» avtomobilining old qismida yong‘in chiqqan.

YTH natijasida Tracker avtomobilidagi yo‘lovchilar: 1992 y.t. D.U., 1992 y.t. M.P., 1998 y.t. S.A.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring