Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalari harakatini cheklashmoqchi
Toshkent IIBB shaharda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalari harakatlanishini cheklash masalasini o‘rganyapti.
Mazkur masalada idora poytaxt ahoisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
So‘rovnomada «Toshkent shahri hududida tirbandlikni kamaytirish va oldini olish maqsadida», yuk mashinalari harakatini ertalab soat 07:00 dan 10:00 ga qadar hamda kechki payt soat 17:00 dan 20:00 ga qadar cheklash bo‘yicha aholidan o‘z fikrlari so‘ralgan.
Ayni paytda so‘rovda 5 mingga yaqin kishi qatnashgan va ularning 88 foizi taqiqqa roziligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter